Aniq dori sepgich
Traktor kira olmaydigan issiqxona qatorlari va kichik maydonlarda pestitsid va o'g'itni aniq dozada sepadi. Forsunkalar birma-bir yoqiladi: kasal deb belgilangan o'simlikka dori sepiladi, yonidagi sog'lom o'simlikka esa sepilmaydi.
UzCombinator qo'llab-quvvatlaydi
Ikkalasini o'zi bajaradigan robot: dorini kerakli joyga aniq miqdorda sepadi, kamerasi esa kasallik belgilarini kuzatadi.

Taqdim etilgan
ASU Fulton Innovation Showcase2026-yil bahori
Mukofot
USAID agroinnovatsion tanloviII o'rin
Yaratilgan
HackHarvardI o'rin
Robot
Issiqxona qatorlari va nam tuproq uchun mo'ljallangan zanjirli asos. Barcha moslamalar bitta ustki plitaga o'rnatiladi, shu tariqa bitta robot bosqichma-bosqich xo'jalik platformasiga aylanadi.
Traktor kira olmaydigan issiqxona qatorlari va kichik maydonlarda pestitsid va o'g'itni aniq dozada sepadi. Forsunkalar birma-bir yoqiladi: kasal deb belgilangan o'simlikka dori sepiladi, yonidagi sog'lom o'simlikka esa sepilmaydi.
Kamera va sensorlar o'simlik holati, kasallik belgilari va o'sishini kuzatib, natijani fermerning telefoniga yuboradi. Ko'rish modellari haqiqiy dala suratlarida qayta o'qitilmoqda, avval pomidor va bodring.
Xuddi shu asosda avtomatik o'toq: fermerlar eng ko'p vaqt oladigan ish sifatida eng ko'p tilga olgan yumush.
Dala tadqiqoti
2026-yil iyul va avgust oylarida, dizaynni belgilashdan oldin, Jizzax, Surxondaryo va Shahrisabzdagi fermerlar bilan suhbatlashdik. Natijalar to'liq e'lon qilingan, jumladan bizga qarshi bo'lgan javoblar ham.
30
Suhbatlashilgan fermerlar
14/ 30
Eng ko'p vaqtni o'toq oladi
12/ 30
Mavsumiy ishchi topa olmaydi
18/ 30
Universal robotni foydali deb tanladi
“Kimyoviy vositalarni, dorilarni qo'lda sepsak, dori ekinga me'yoridan oshiq ko'proq sepiladi […] biroq bir tekisda, aniq hamma ekinga teng miqdorda sepilsa, dori ham isrof bo'lmaydi, iste'molchi sog'lig'i uchun ham xavfli bo'lmaydi deb bilaman.”
“Elektr robotlarni dashtlarga, dalaga olib chiqib ketilsa-yu, u yoqda tok topilmasa, qanday zaryadlay olaman?”
“Robotning ehtiyot qismlari oson topilsa, servisi yaqin bo'lsa va narxi fermerlar uchun hamyonbop bo'lsa yaxshi bo'ladi.”
Yo'l xaritasi
2026
TayyorYettita maxsus bosma plataga ega to'rt g'ildirakli robot ASU Fulton Innovation Showcase'da namoyish etildi. So'ng 30 nafar fermer bilan suhbat bo'ldi, ular robotni kattaroq qurishni maslahat berdi.
2026
TayyorZanjirli V2 asosi SolidWorks'da modellashtirildi va yakunlandi. Ekinni ko'rish vositasining birinchi brauzer versiyasi chiqdi.
2026
JarayondaYurish qismi, dori sepgich va bortdagi hisoblash qurilmasi ASU Polytechnic'da yig'ilmoqda.
2027
KeyingiHaqiqiy dalalarda. Fermerlarga birinchi navbatda ular o'zlari so'ragan raqamni beramiz: robot bir soatda necha sotix maydonni qamrab oladi.

V2'ni ASU Polytechnic'da qurmoqdamiz, sinovlar 2026-yil noyabrida boshlanadi. Fermerlar, hamkorlar va investorlar: namoyish uchun biz bilan bog'laning.